Mening ko'nglim bir qushdir Uzbek 2023
Mening ko'nglim bir qushdir
This work is an impressive source for those who want to get to know the personality of Khoja Ahmed Yassavi and learn about his teachings. As you read the work, you will gain a deeper understanding of concepts such as patience, humility, repentance, and spiritual maturity. This work, which covers historical issues such as the respect and attitude of the leaders of Turkic states and Turkic tribes towards the personality of Khoja Ahmed Yassavi, the contribution of this wise person to the spread of Islam among the Turkic-speaking peoples, will excite you until the last page. The geographical description of Central Asia takes the reader on a direct journey to that time, immerses them in the atmosphere of that era. Indeed, the tasks undertaken by Khoja Ahmed Yassavi with tolerance and love are a call to universal humanity.
Xoja Ahmad Yassaviy shaxsi bilan yaqindan tanishish, uning taʼlimoti haqida bilishni istaganlar uchun ushbu asar taʼsirchan manbadir. Asarni mutolaa qilar ekansiz, sabr, kamtarlik, pushaymonlik, ruhiy kamolotga yetishish kabi tushunchalarni chuqurroq anglay borasiz. Turkiy davlatlar yetakchilari va turkiy qabilalarning Xoja Ahmad Yassaviy shaxsiga hurmati, munosabati, ushbu donishmand shaxsning turkiy tilli xalqlar ichida islomni yoyish borasidagi hissasi kabi tarixiy masalalar yoritilgan ushbu asar oxirgi sahifasiga qadar sizni hayajonga soladi. Oʻrta Osiyoning joʻgʻrofiy tasviri oʻquvchini ana shu zamonga bevosita sayohatga eltadi, oʻsha davr muhitiga singdiradi. Darhaqiqat, Xoja Ahmad Yassaviyning bag'rikenglik va mehr-muhabbat ila oʻz zimmasiga olgan vazifalari umuminsoniylikka daʼvatdir.

